Namanganda oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari boshlandi
FOTOREPORTAJ
«Namangan Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida» 2026/2027 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari boshlandi. Imtihonlar Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan tasdiqlangan tartib va reglament asosida o‘tkazilmoqda.
Test jarayonida abituriyentlarga sinovlarni topshirish tartibi va belgilangan talablar bo‘yicha tushuntirishlar berildi. Barcha auditoriyalarda imtihonlarning shaffof va xolis o‘tishiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
[gallery-30393]
Namangan viloyatida test sinovlari uchta hududdagi beshta binoda tashkil etilgan. Imtihonlar 14–23-iyul kunlari ikki smenada — soat 8:00 va 15:00 da o‘tkaziladi.
Viloyat bo‘yicha oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun 50 ming 806 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan. Har bir smenada 2 ming 550 nafar, bir kunda esa jami 5 ming 100 nafar abituriyent test sinovlarida ishtirok etishi uchun sharoit yaratilgan.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA