Namanganda 1,1 mlrd so‘mlik oltinni Hindistonga noqonuniy olib ketilishiga chek qo‘yildi
Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat Bojxona boshqarmasi xodimlari hamkorligida Namangan aeroportida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida "Namangan – Dehli" yo‘nalishida Hindistonga ketmoqchi bo‘lgan Andijon va Farg‘ona viloyatlarida yashovchi 5 nafar fuqaro maxsus tekshiruvdan o‘tkazildi.
Natijada, ular o‘zlarining ichki organlaridan "jonli konteyner" sifatida foydalanib, jami og‘irligi 555 gr bo‘lgan quyma oltin bo‘laklari va 200 gr zargarlik буюмларини yashirin ravishda xorijga olib ketmoqchi bo‘lganliklari fosh etildi.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur qimmatbaho metallarning umumiy taxminiy qiymati 1,1 mlrd so‘mni tashkil etadi. Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.
O‘zA