Namangan viloyatida pilla terimi boshlandi
FOTOREPORTAJ
Joriy yilda Namangan viloyati pillakorlari 37 ming 174 quti ipak qurti parvarishlab, 2 ming 156 tonna “kumush tola” olishni mo‘ljallamoqda.
Pillachilikda o‘ziga xos maktab yaratgan Norin tumanida bu mavsumda 140 fermer xo‘jaligi va yuz nafar kasanachi tomonidan ipak qurti parvarishlandi.
[gallery-11755]
Kasanachilarning jismoniy shaxslarga hisoblanadigan daromad solig‘idan ozod qilinishi, shuningdek, pilla boquvchilar va kasanachilarning mavsum davrida yillik ish staji hisobga olinishi, albatta, ko‘zlangan natijaga erishishda muhim omil bo‘lmoqda.
Pilla terimi boshlanishi munosabati bilan Namangan viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov hamda “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi boshqaruv raisi birinchi o‘rinbosari Muxtor Hakimov “Norin Agropilla” korxonasiga tashrif buyurib, norinlik pillakorlarning yutuqlarini e’tirof etgan holda xirmonga baraka tiladilar.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA