Namangan viloyati Ekologiya Bosh boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi
O‘zbekiston Prezidentining Ekologiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi – Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisining 2026-yil 9-oktabrdagi buyrug‘i bilan Anvarjon Adhamovich Ashurov Namangan viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi Bosh boshqarmasi (ekopolitsiya) boshlig‘i etib tayinlandi. Oldin mazkur lavozimda Shuhrat Maksumov faoliyat yuritgan.

Anvarjon Ashurov 1988-yil 27-noyabrda Farg‘ona viloyatining Quva tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2011-yili Farg‘ona davlat universitetini tamomlagan. Mehnat faoliyati davomida ekologiya tizimi idoralarida turli mas’ul vazifalarda ish olib borgan. Atrof-muhitni muhofaza qilish borasidagi samarali mehnatlari uchun "Tabiat himoyachisi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.
A. Ashurov tayinlovga qadar Farg‘ona viloyati Ekologiya Bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Oqilxon Dadaboyev, O‘zA muxbiri