Nafisa Ravshanova: “Muvaffaqiyatga mashg‘ulot va izlanishlar orqali erishiladi”
25 ga yaqin ilmiy maqolalar muallifi, belbog‘li kurash bo‘yicha jahon chempioni, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabasi Nafisa Ravshanova bugungi yangi O‘zbekiston yoshlarining yorqin vakillaridan biri. U bilan katta sportdagi faoliyati, ilmiy izlanishlari, sportchining shakllanishida oilaning va murabbiylarning ta’siri kabi mavzulardagi suhbat bilan quyida tanishishingiz mumkin.
Yurtimizda yosh sportchilarga yaratilayotgan shart-sharoit va e’tibor natijasida o‘tgan qisqa fursatda milliy terma jamoalarimiz safiga o‘nlab iste’dodli yoshlar kelib qo‘shildi.
Bugun, 17-19 yoshli sportchilarimiz orasida jahon va qit’a chempionligiga erishgan, nufuzli turnirlarda sovrindorlik maqomiga ko‘tarilish bilan birga ilmiy izlanishlar olib borayotgan, raqamli texnologiyalardan unumli foydalanayotganlar ko‘pchilikni tashkil etmoqda.
Ana shunday sportchilarimizdan biri belbog‘li kurash bo‘yicha xalqaro toifadagi sport ustasi, 10 karra O‘zbekiston chempioni, ikki karra xalqaro turnirlar g‘olibi, Ko‘chmanchilar o‘yinlari hamda Hamdo‘stlik o‘yinlari sovrindori, 25 ga yaqin ilmiy maqolalar muallifi, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabasi Nafisa Ravshanova.
Andijonning Buloqboshi tumanida tavallud topgan Nafisa yoshligidan milliy sport turlarimizga qiziqib, kurash, uch kurash, belbog‘li kurash yo‘nalishlaridagi turli musobaqalarda o‘z iste’dodini namoyish etishga muvaffaq bo‘ldi.
Intiluvchanligi, tirishqoqligi tufayli terma jamoa murabbiylari nazariga tushib, Yevropa va Osiyo qit’asining bir qator davlatlarida o‘tgan chempionatlarda, kompleks musobaqalarda vatanimiz sharafini munosib himoya qilishga erishdi.
Nafisa Ravshanova va uning murabbiyi Iskandar Maxamatov bilan o‘tkazgan suhbatimiz davomida o‘tkazilgan musobaqalar tafsiloti, qiz bolalarning yakka kurash turlari bilan shug‘ullanishining ijobiy va salbiy jihatlari, mamlakatimiz sport ta’limida yuz berayotgan o‘zgarishlar, kutilayotgan xalqaro musobaqalar xususida bo‘ldi.
Suhbatning to‘liq tafsilotlari bilan quyida tanishishingiz mumkin.
T. Ro‘ziyev, N. Mardonov, O. Davronov (video), A. Ahmedov (montaj), O‘zA