“MUZZ festivali” minglab sayyohlarni bag‘riga chorladi
Poytaxtimizda Toshkent shahar hokimligi va qator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan “MUZZ festivali” bo‘lib o‘tdi.
Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, aholi o‘rtasida turizm infratuzilmasi va xizmatlarini keng targ‘ib qilish, milliy qadriyatlarimizni ommalashtirish hamda mamlakatimizning turizm jozibadorligini oshirish maqsadida tashkil etilgan tadbir minglab yoshlar, poytaxt mehmonlari va sayyohlarni bir maydonda jamlab, o‘ziga xos bayram muhitini yaratdi.
[gallery-31266]
Festival doirasida taniqli san’atkorlar, blogerlar, turizm sohasi mutaxassislari hamda keng jamoatchilik ishtirokida konsert dasturlari, turizm, interaktiv va ko‘ngilochar loyihalar tashkil etildi.
Shuningdek, tadbir yoshlar, tadbirkorlar, ijodkorlar va turizm sohasi vakillari uchun o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladigan muhim maydon vazifasini o‘tadi.
Gulnoza Boboyeva,
Asliddin Alijonov(surat),
O‘zA