Mutolaa uchun zarur kitob qanday tanlanadi?
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi qoshidagi kutubxonada “Kitob – hayot yo‘llarida tayanch, odamlar orasida zebu ziynatdir” nomli davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi qoshidagi kutubxonada “Kitob – hayot yo‘llarida tayanch, odamlar orasida zebu ziynatdir” nomli davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi vakillari, kutubxona xodimlari, olimlar, mutaxassislar va talaba-yoshlar ishtirokidagi tadbirda kitob o‘qish, mutolaa madaniyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Yoshlarni ma’naviyat va ma’rifatga chorlashda kitobning o‘rni beqiyos ekani ta’kidlandi.
Kitoblar turlicha, adabiyotlar turfa, manbalar ko‘p. Undan keraklisini qanday ajratib olamiz, bunda qay usuldan foydalanish kerak? Mutaxassislarning ta’kidlashicha, gorizantal (o‘ngdan chapga) o‘qishda kitobning bir betini mutolaa qilish uchun 3 daqiqa, agar ovoz chiqarmasdan o‘qilsa, 2,5 daqiqa vaqt ketar ekan. Vertikal o‘qishda 1,5 daqiqa vaqt sarflanar, dioganal o‘qishda, ya’ni tepadan pastga ko‘z yugurtirishda 5 soniya vaqt ketib, bu ham kitobning keraklisini tanlash uchun ko‘p vaqt hisoblanar ekan. Biz kitobni zamonaviy foto usulda o‘qib, uni bir betiga atigi bir daqiqa sarflab, kerakli yoki keraksiz kitob ekanini aniqlashimiz mumkin bo‘lib, kerakli kitob topilgandan so‘ng uni o‘sha klassik – gorizantal usulda mutolaa qilishimiz maqsadga muvofiq ekan.
Davra suhbatida ana shunday kerakli ma’lumotlar taqdim etildi, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.