Mutaxassislar Kaspiy dengizining qizargan suvini tekshirdi
Kaspiy qizil rangga kirishi munosabati bilan Qozog‘iston Respublikasi Mang‘istau viloyati Ekologiya boshqarmasi mutaxassislari tomonidan dengiz suvida kimyoviy modda yoki neft mahsulotlari bor-yo‘qligi yuzasidan tekshiruv o‘tkazildi.
“Kazinform” agentligi xabariga ko‘ra, suv tarkibida hech qanday ifloslantiruvchi modda aniqlanmagan.
Boshqarma boshlig‘i Qaysar Nodirbek aytishicha, dengiz o‘ti suvga to‘q jigarrang, qizil tus beradi.
- “Qor yoqqani sababli holat yanada yaqqol namoyon bo‘ldi, - deydi mulozim. - Yosun sayoz suvda, ayniqsa, bizning qirg‘oqlarda ko‘p o‘sadi. Shu o‘simlik ko‘p to‘plangan joyda suv rangpar ko‘rinadi. Albatta, bu tabiat hodisasi haqida bilishimizga qaramay, suvning holatini tekshirishga majburmiz.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonning Oktou shahri aholisi qon-qizil rang olgan Kaspiy dengizi suvi rangi o‘zgarganiga e’tibor qaratgan, voqea ijtimoiy tarmoqda ham keng tarqalgan edi.