Mutasaddilarga to‘xtab qolgan to‘qimachilik quvvatlariga mas’ullarni biriktirish topshirildi
Prezident raisligida joriy yilning birinchi yarmida erishilgan natijalar va yil yakunigacha qilinadigan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda.
Hozir 16 ta to‘qimachilik korxonasi kreditnit qaytarish bo‘yicha sud jarayonlari cho‘zilayotgani sababli deyarli ishlamay turibdi. Ularning aksariyati yangi quvvatlar hisoblanadi.
Buning oqibatida 5 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish va 400 million dollarlik eksport boy berilyapti.
Ayrim banklar tomonidan bunday korxonalar faoliyatini tiklash bo‘yicha ijobiy tajribalar borligi qayd etildi.
Masalan, «Toshkent kotton» korxonasiga tashqi boshqaruv guruhi kiritilib, faoliyati tiklangan va bu yil 10 million dollarlik eksport qilingan.
Mutasaddilarga qolgan korxonalarga mas’ullarni biriktirib, ishlab chiqarishni to‘liq tiklash topshirildi.
O‘zA