Mustaqillik yillarida pedagoglarning huquqiy maqomi mustahkamlandi (+video)
O‘zbekistonda mustaqillik yillarida, ayniqsa so‘nggi islohotlar davrida, pedagoglarning huquqiy maqomi qonunchilik darajasida tubdan mustahkamlandi va ularning ijtimoiy-huquqiy himoyasi davlat kafolatiga olindi.
Shiddat bilan rivojlanib borayotgan bugungi tezkor zamonda har bir davlat o‘sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama sog‘lom, aqlli, bilimli va dono bo‘lib voyaga yetishi hamda ularning intellektual salohiyatini rivojlantirish orqali malakali mutaxassis bo‘lib yetishishiga katta e’tibor qaratib kelmoqda.
Chunki, yoshlarga sifatli ta’lim berish, ularning fanlarni chuqur o‘zlashtirishi, o‘z ona tili bilan birga chet tillarni bilishi, zamonaviy kasb-hunarlarni egallashi, oliy ma’lumotli mutaxassis sifatida zamon talablariga javob beradigan raqobatbardosh kadr bo‘lib mehnat bozoriga kirib kelishi taraqqiyotning kafolati hisoblanadi.
Shu nuqtai nazardan yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish, kasb-hunar sirlarini o‘rgatish hamda ularni ma’naviyatli, o‘z fuqarolik pozitsiyasiga ega komil inson qilib tarbiyalashda mashaqqatli va sharafli kasb egalari o‘qituvchi-pedagoglar mehnatining o‘rni beqiyos. Lavhamiz davomida mustaqillik yillarida pedagoglarning huquqiy maqomini mustahkamlanish jarayonlari haqida ma’lumot beriladi.
<iframe width="873" height="491" src="https://www.youtube.com/embed/qDvi-T-iYXg" title="Mustaqillik yillarida pefagoglarning huquqiy maqomi mustahkamlandi." frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA