Mustaqillik solnomasi: 1996-yil (+video)
Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan yurtimiz tarixiga oid unutilmas voqea-hodisalarni o‘zida jamlagan "Mustaqillik solnomasi" loyihasining bu galgi soni 1996-yilga bag‘ishlanadi.
1996-yil 25-iyun kuni AQSHda O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov va AQSH Prezidenti Bill Klinton o‘rtasida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
1996-yil 19-iyul kuni Andijon viloyatining Asaka shahrida Markaziy Osiyodagi birinchi yirik avtomobil zavodi (UzDaewooAuto) ochildi.
"O‘qituvchi va murabbiylar kunini belgilash to‘g‘risida"gi Qonun qabul qilindi.
1996-yil iyul – avgust oylarida AQSHning Atlanta shahrida bo‘lib o‘tgan XXVI yozgi Olimpiada o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi mustaqil bayroq ostida ilk bor qatnashdi. Dzyudochi Armen Bagdasarov -86 kg vazn toifasida kumush medalni qo‘lga kiritib, O‘zbekiston tarixidagi ilk olimpiya sovrindori bo‘ldi. Erkin kurashchi Magomed Ibragimov va bokschi Temur Ibragimovlar bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/lhHecmlKeD8" title="MUSTAQILLIK SOLNOMASI: 1996 yil" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Turdaliyeva, N.Abduvoitov (video), O‘zA