Mustaqillik solnomasi: 1994-yil
Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan yurtimiz tarixiga oid unutilmas voqea-hodisalarni o‘zida jamlagan "Mustaqillik solnomasi" loyihasining bu galgi soni 1994-yilga bag‘ishlanadi.
1994-yilgi Lillexammer o‘yinlarida fristayl bo‘yicha Lina Cheryazova oltin medalni qo‘lga kiritib, O‘zbekiston tarixidagi birinchi Olimpiada chempioni bo‘ldi.
1994-yil 5-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining „O‘zbekiston Qahramoni“ oliy unvoni, „Oltin yulduz“ medali, „Mustaqillik“, „Do‘stlik“ ordenlari, „Jasorat“ va „Shuhrat“ medallari ta’sis etildi.
1994-yil 1-iyul: O‘zbekistonda milliy valyuta – so‘m muomalaga kiritildi. 15-noyabr– bu kundan boshlab O‘zbekistonning milliy valyutasi – so‘m mamlakat hududida yagona to‘lov vositasi bo‘lib qoldi.
1994-yil 25-dekabr: Oliy Majlisga ilk bor ko‘ppartiyaviylik asosida saylovlar bo‘lib o‘tdi.
<iframe width="640" height="350" src="https://www.youtube.com/embed/hxJPEIgtRBg" title="Mustaqillik solnomasi: 1994 yil" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Nishonboy Abduvoitov, O‘zA