Mustaqillik — huquq demakdir! (+video)
Mustaqillik – erkin va baxtli yashash huquqi. Bashariyat tarixi shundan dalolat beradiki, har bir xalq faqat erkin va ozod bo‘lgan taqdirdagina, o‘z hayoti va kelajagini mustaqil barpo etish huquqiga ega bo‘ladi.
Xalqimiz tomonidan istiqlol yillarida bosib o‘tilgan tarixiy yo‘l, erishilgan ulkan yutuq va marralar, ularning mazmun va mohiyatini har tomonlama bilish, uni zamondosh ongiga singdirish va fuqarolarda mustaqil hayotda erishilgan natijalarni his qilib yashash tafakkurini shakllantirish bugungi tobora globallashib borayotgan jarayonlarga to‘la zamonda katta ahamiyatga ega.
Mustaqillik, eng avvalo, inson huquq va erkinliklarining ro‘yobga chiqishidir. Bu huquq va erkinliklardan samarali foydalana olish esa har bir insonning dunyoqarashi, iste’dodi va qobiliyati bilan o‘lchanadi.
Muhayyo Turdaliyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA