Mustaqil taʼlimmi yoki madrasa saboqlari?
Biz ustoz olimning fikrlari va xulosalarini toʻla qoʻllab-quvvatlagan hamda eʼtirof etgan holda bu masalada ayrim fikr-mulohazalarimizni bildirishni lozim topdik.
Mushtariylarga maʼlumki, jurnalist Dilshod Karimovning 2020-yil 5-iyulda Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi saytida eʼlon qilingan Samarqand Davlat universiteti rektori, professor R.I.Xolmurodov bilan “Oʻzbekistonda ilm-fanning yangi renessans davri boshlanmoqda” nomli suhbat-maqolasi eʼlon qilindi.
Ushbu maqolada muallif nafaqat tarixchi olimlar, balki butun ilm ahli, ziyolilar orasida yechimini kutayotgan muammo – oliy taʼlim tarixini tadqiq etishdek dolzarb masalani kun tartibiga qoʻyib, Samarqand Davlat universitetining yoshi vorisiylik anʼanalariga koʻra 600-yildan kam emas, degan ilmiy xulosalarni bergan. Biz ustoz olimning fikrlari va xulosalarini toʻla qoʻllab-quvvatlagan hamda eʼtirof etgan holda bu masalada ayrim fikr-mulohazalarimizni bildirishni lozim topdik.
Sivilizatsiyalar tarixiga nazar tashlaydigan boʻlsak, dunyo tarixidagi qadimgi davrlardan boshlab faoliyat koʻrsatgan oliy maktablar, madrasalar va universitetlar garchi bizning bugungi tasavvurimizdagi universitetlar kabi tashkil etilib, faoliyat yuritmagan boʻlsada, ular oʻz davri uchun yuksak inqilobiy voqelik edi. Koʻpchilik tadqiqotchilarning oliy taʼlim dargohlari dastlab Yevropada paydo boʻlgan, degan fikriga toʻla qoʻshilib boʻlmaydi. Sababi, oliy taʼlimning paydo boʻlishi koʻp hollarda hududlardagi faol tarixiy-madaniy jarayonlar, ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlik bilan bevosita bogʻliq edi. Ammo, muallif oʻz maqolasida oliy taʼlim tizimi dastavval qayerda paydo boʻldi, degan masalani koʻtarmaydi. Zero, bu alohida oʻrganilishi lozim boʻlgan masala.
Biz eʼtibor bermoqchi boʻlgan masala shundaki, muallif toʻgʻri taʼkidlaganidek, yurtimizdan jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga ulkan hissa qoʻshgan, biz nomlarini bilib-bilmagan koʻpdan koʻp allomalar yetishib chiqqanlar. “Lekin, tabiiy bir savol tugʻiladi: ushbu insonlar aql-tafakkur, ilm-fan, maʼnaviyat-maʼrifat bobida qanday qilib bunday oliy maqomga erishgan? Ular qayerda oʻqigan, kimlardan taʼlim olgan?”. Ilmiy-maʼrifiy nuqtayi nazardan nihoyatda haqli savollar.
Ushbu savollarga toʻla boʻlmasada (chunki manbalar kam), qisman javob izlashga harakat qilamiz. Demak, maqolada dunyoning turli burchaklaridagi ilk oliy taʼlim dargohlarida, avvalo diniy fanlar, soʻng esa, dunyoviy fanlar oʻqitilganligi taʼkidlanadi. Bu oʻrinda eslatib oʻtish joizki, VIII asrga qadar Oʻrta Osiyo xalqlari turli-tuman dinlarga eʼtiqod qilar, har xil gʻoyalar va taʼlimotlardan yaxshi xabardor edilar.

Bu xususda amerikalik olim Fredrik Starr shunday eʼtirof etadi: “Dunyoning har qanday boshqa burchagida intelektual jihatdan bundanda “bagʻrikeng” mintaqani tasavvur qilish mushkul”. Islom dinining nihoyatda bagʻrikeng ekanligi esa, hammamizga maʼlum. Shu nuqtayi nazardan qadimgi oliy taʼlim dargohlarida, avvalo, diniy taʼlimot ustunlik qilganligi oydinlashadi. Shu bilan birga, dastlabki oliy taʼlimda matematika, huquqshunoslik, astronomiya, geodeziya, irrigatsiya va melioratsiya, adabiyot va sanʼat, meʼmorchilik kabi dunyoviy fanlar oʻqitilgani ham manbalardan maʼlum.
Taniqli faylasuf A.Erkayevning tadqiqotlariga koʻra, islom dini Oʻrta Osiyoga yoyilgach, IX-X asrlardan boshlab Buxoro, Samarqand, Marv, Nasaf, Kesh, Urganch, Balx kabi shaharlar diniy va dunyoviy bilimlar markaziga aylanib, bu hududlardan ulkan alllomalar yetishib chiqdilar. A.Erkayev islom olamida 8 ta shaharga “madina” nisbati berilgani, bular: Madinai Munavvara, Bagʻdod, Isfaxon, Nishonur, Marv, Buxoro, Samarqand, Nasaf ekanligi haqida maʼlumot beradi. Ushbu maʼlumotlar IX-XI asrlarga oid ekanligini inobatga oladigan boʻlsak, ushbu “madina”larda hech boʻlmaganda 2-3 tadan madrasalar faoliyat yuritganligini mushohada qilish mumkin.
Agar Qarshi shahri haqida soʻz yuritadigan boʻlsak, bu shahar qadimdan koʻplab nomlar bilan atalib kelingan. Antik davrda Naxshab, Nautaka, oʻrta asrlarda Nasaf, hatto Behbudiy shahri deb ham atalgan. 2700-yillik tarixga ega boʻlgan Qarshi shahrida ilm-fan oʻrta asrlarda oʻzining yuksak choʻqqisiga chiqqan. Bu zaminda 300 dan ortiq “Nasafiy” nisbasi bilan ijod qilgan mashhur allomalar turli-tuman diniy va dunyoviy bilimlar sohasida ijod qilganlar.
IX asrda Nasafda hadisshunoslik va fiqhshunoslik maktablari vujudga kelgan. X-XII asrlarda Movarounnahrdagina emas, balki butun Sharqda “Nasafiy” nisbasi ancha mashhur boʻlgan. Bu davrda fiqh, hadis, tafsir va islom dinining asosi boʻlgan aqoid ilmi rivojlangan. XV asrda Nasafiy allomalar islom dini ahkomlari va boshqa ijtimoiy sohalarga oid asarlar ham yoza boshlaganlar.
Agar qadimda Kesh shahri “Ilm val adab qubbasi” deb nom qozongan boʻlsa, Nasaf shahri hadis va fiqh sohasida nafaqat Movarounnahrda, hatto olis yurtlardan olimlar kelib bahs-munozara yuritadigan “Majlis-tadris” (dars yigʻini), xalqaro ilmiy tadbirlar oʻtkaziladigan shahar hisoblangan. Bunday majlisi tadrislar koʻpincha dunyoviy ilmlarga bagʻishlab tashkil etilgan. Bu haqda manbalarda maʼlumotlar bor.
Nasafda xattotlik maktabi ham ravnaq topib, bu sohada Muhammad bin Said an-Nasafiy (XIII asr), Rajab bin shohim Ali Nasafiy (XVI asr), Muhammad Abdusalom ibn Muhammad an-Nasafiy (XVI asr), Xoʻjamberdi bin Mulla Qora Nasafiy (XVII asr), Neʼmatullo al-mufti valadi Qozi Naxshabiy (XVIII asr), Muhammad Sharif Nasafiy (XVIII asr), Muhammad Said Nasafiy (XIX asr), Iskandar Nasafiy (XIX asr), Mirzo Abdulqodir Nasafiy (XIX asr), Mirzo Isomiddin Nasafiylar (XX asr boshi) samarali faoliyat yuritgan.
Madrasa yohud oliy taʼlim bilan bevosita bogʻliq xattotlik maktabi Buxoroda ham keng taraqqiy etgan edi. Buxoroda yashab oʻtgan olim Sharifjon Maxdum Sadr Ziyo Buxoroda xattotlik sanʼati IX-X asrlarda boshlanganligi, Samarqand va Buxoro madrasalarida xattotlik ilmiga alohida eʼtibor qaratilganligi haqida maʼlumotlar beradi. Shunga mos ravishda Buxoro madrasa va maktablari ham aynan shu davrdan boshlab faoliyat yuritganligini taʼkidlaydi.
Ushbu maqolaning nomlanishiga kelsak, yurtimizda yetishib chiqqan buyuk allomalarning barchasi faqat mustaqil taʼlim bilan yuksaklik darajasiga erishganmikan yoki qandaydir ilm maskanida tahsil olganmikan, degan savol tugʻiladi? Nazarimizda, mustaqil taʼlim inson kamoloti va yetukligini toʻla taʼminlay olmaydi. Buyuk allomalarimiz fan yutuqlari, fanning sodda yoki nozik tomonlari, yoʻnalishiga kirishish yoki moslashish koʻnikmalari, kitoblar ustida ishlash sirlari, ijod qilish anʼanalari kabilarni kimlardandir, qayerdadir oʻrganib saboq olganlar. Bu “qayerdadir” shubhasiz dastlabki madrasilar boʻlgan. Ushbu haqiqat keyingi chuqur tadqiqotlarda oʻz isbotini topishiga aminmiz.
Oʻzbekistonning Samarqand, Buxoro, Toshkent, Xiva, Qoʻqon, Qarshi, Kesh, Termiz kabi qadimiy shaharlarida azaldan oliy maktab va madrasalar faoliyat koʻrsatgan hamda ijtimoiy-madaniy hayotning turli sohalari uchun zarur kadrlar yetishtirib berishga xizmat qilgan. Ustoz olim R.Xalmurodovning hozirgi universitet va institutlarimiz aslida ana shu oliygohlarning vorislari yoki davomchilari sifatida faoliyat koʻrsatayotganligi haqidagi fikrlari ayni tarixiy haqiqatdir.
Samarqand Davlat universiteti rektori, texnika fanlari doktori, professor R.Xalmuradovning fikrlariga qoʻshimcha qilib aytish mumkinki, Oʻzbekistondagi dastlabki oliy maktablar va madrasalar tarixi ilmiy tadqiqotlar doirasiga keng tortilsa, nafaqat, Samarqand, balki, Buxoro, Qarshi, Urganch, Toshkent kabi shaharlardagi oliy taʼlim muassasalari tarixiga koʻplab aniqliklar kiritilishi muqarrardir. Vorisiylik anʼanalari nuqtayi nazaridan bu shaharlardagi yetakchi oliy taʼlim muassasalari tarixini hech boʻlmaganda 600-800-yilga qadimiylashtirish mumkin.

ESHOV Bahodir Joʻrayevich,
Qarshi Davlat universiteti professori, tarix fanlari doktori