Musobaqalarda yoshlar faol
FOTOREPORTAJ
Shu kunlarda mamlakatimizda yoshlar o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi”ning vorkaut, stritbol va xalq o‘yinlari musobaqalarining mahalla bosqichi bahslari o‘tkazilmoqda.
[gallery-28586]
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumani markaziy stadionida arqon tortish, tosh ko‘tarish, arg‘imchoqda sakrash, armrestling va mas-restling bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqalarda hududdagi 16 ta mahalladan jami 200 nafardan ziyod o‘g‘il-qiz o‘zaro bellashdi.
“Besh tashabbus olimpiadasi” dasturiga joriy yildan yangi qo‘shilgan xalq o‘yinlarining mahalla bosqichi o‘zgacha faollikda, ko‘tarinki ruhda o‘tkazilmoqda. Yoshlarning ushbu xalq o‘yinlariga qiziqishi yuqoriligini talabgorlar sonining ortib borayotganidan ham ko‘rish mumkin.
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA