Musobaqa qizg‘in tus oldi
FOTOREPORTAJ
Yangi Namangan tumanida joylashgan “Pahlavon” sport majmuasida yoshlar va kattalar o‘rtasida penchak silat bo‘yicha O‘zbekiston kubogi bahslari qizg‘in tus oldi.
Musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahridan tashrif buyurgan 1600 nafardan ziyod sportchi turli vazn toifasida g‘oliblik uchun kurash olib bormoqda.
[gallery-31306]
Bellashuvlarda ishtirokchilar o‘zining jismoniy tayyorgarligi, texnik mahorati va kuchli irodasini namoyish etib, mamlakat kubogi sovrindorlari safidan joy olish uchun murosasiz bellashmoqda.
Musobaqalar 12 sentabrga qadar davom etadi.
Yakunda barcha yo‘nalish va vazn toifalarida yuqori natija qayd etgan sportchilar g‘olib va sovrindor sifatida taqdirlanadi.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA