Murojaatlarga e’tiborsiz mas’ullarga chora ko‘rilmoqda
O‘zbeksiton Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalariga Buxoro viloyati Olot tuman aholisi tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida 5 mingdan ortiq murojaat kelib tushgan.
Murojaatlarning 3 ming 806 tasi ijobiy hal etilgan. 764 tasiga huquqiy ma’lumot berilgan. 11 tasi uzoq muddatli nazoratga olingan. 199 tasi ko‘rib chiqish jarayonida. Ish jarayonida 4 ta murojaatning muddati buzilishiga yo‘l qo‘yilgan. Mas’ul korxona va tashkilotlar tomonidan murojatlarni o‘z vaqtida o‘rganilmasligi oqibatida 16 ta murojaat takroriy tushgan.
– Joriy yil yanvar-oktyabr oylarida Olot tumani Xalq qabulxonasi tomonidan olib borilgan monitoring va o‘rganishlar natijasida aniqlangan qonunbuzilish va kamchiliklarni barataraf qilish yuzasidan jami 26 ta taqdimnoma va takliflar kiritildi, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Olot tumanidagi Xalq qabulxonasi mutaxassisi E.Raxmatov. –Shundan 19 tasi taqdimnoma 7 tasi taklifdan iborat. Murojaatlarni ko‘rib chiqish holati yuzasidan 13 ta, uyma-uy yurishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan 2 ta, bandlik masalalari yuzasidan 1 ta, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga oid masalalar yuzasidan 1 ta va boshqa masalalarga oid 2 ta taqdimnomalar kiritildi.

Kiritilgan taqdimnomalar ko‘rib chiqilishi natijasida 7 nafar ma’sul shaxs vazifasidan ozod etilgan. 1 nafar mas’ul shaxsga nisbatan ish haqidan jarima, 3 nafar mas’ul shaxsga nisbatan xayfsan intizomiy jazo choralari qo‘llanilgan. 4 nafar mas’ul shaxs esa ogohlantirilgan. Olot tumani Elektr tarmoqlari korxonasida murojaatlarni ko‘rib chiqishda qonun buzilishi holatiga yo‘l qo‘yilganligi bo‘yicha taklif Olot tuman prokuroriga kiritilgan. 1 nafar mansabdor shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 43-moddasi bo‘yicha ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
Zarif Komilov, O‘zA