Murojaatlar ortida inson manfaatlari bor
«Mikrokreditbank» tizimida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash alohida e’tibor qaratiladigan yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.
Bank tizimida mehnat faoliyatini olib borayotgan mutaxassislar har bir murojaat ortida inson taqdiri turganligini chuqur anglagan holda, ularda ko‘tarilgan masalalarni e’tibordan chetda qoldirmaslikka, o‘rganish ishlari natijalari bilan ularni fuqarolar foydasiga ijobiy hal qilishga harakat qilishmoqda.
Misol uchun, 2026-yilning o‘tgan sakkiz oyi mobaynida bankka yuqori instansiyalar orqali hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri jami 3 461 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ularning 458 tasini (13,2 foizi) yuridik shaxslar, 3 003 tasini (86,8 foizi) jismoniy shaxslar hissasiga to‘g‘ri keldi.
Ushbu murojaatlarning 3 057 tasi belgilangan muddatidan oldin, 404 dan ortiq murojaat belgilangan muddatda ko‘rib chiqildi.
Aholi va tadbirkorlar tomonidan yuborilayotgan murojaatlar sabablari o‘rganilib, har bir yo‘nalishlar bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rilishi hamda tahlil qilib borilishi natijasida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan davlat dasturlari, ipoteka, ta’lim, mikroqarz ajratish (74 taga), tijorat krediti ajratish (60 taga), oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasidagi murojaatlar esa 148 taga kamaydi.

Bank Boshqaruvining har oy yakuni bo‘yicha qarorlarida bankning hududiy bo‘linmalariga murojaatlar bilan ishlashni samarali tashkil etish, murojaat tushgan kundan boshlab ijrosiga tezkor kirishish, bankka murojaat qilib kelgan fuqarolarning masalalarini joyida hal etish borasida zaruriy topshiriqlari o‘zining ijobiy samarasini bermoqda. Buni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan Prezident virtual va Xalq qabulxonalariga yuborilgan murojaatlar soni kamaygani ham isbotlab turibdi.
Xususan, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida respublika bo‘yicha Prezident virtual va Xalq qabulxonalariga yuborilgan murojaatlar o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 657 taga kamaygan.
Shu bilan birga, sohada qilinadigan ishlarimiz talaygina. Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, hisobot davrida eng ko‘p murojaatlar Namangan, Surxondaryo, Qashqadaryo, Andijon, Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahri hududiy boshqarmalari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Albatta, murojaatlar tushayotgan hududlar kesimida ma’lumotlar tahlil qilinib, masalaning kelib chiqish negizlari ham o‘rganib borilmoqda.

Ta’kidlash lozimki, bankka to‘g‘ridan-to‘g‘ri kelib tushgan murojaatlarni tahlil qilish, tizimidagi kamchiliklarni bartaraf etish bilan birga Davlat rahbarining tadbirkorlar bilan «Ochiq muloqot» o‘tkazish bo‘yicha Respublika shtabiga kelib tushgan murojaatlarni tezkor ko‘rib chiqish ishlariga ham e’tibor qaratildi.
Respublika shtabi orqali bankka kelib tushgan jami 111 ta murojaatning 36 tasi ijobiy hal etildi, 75 tasiga huquqiy tushunchalar berildi.
Respublika shtabiga kelib tushgan murojaatlarni o‘z vaqtida operativ ko‘rib chiqish, murojaat kelib chiqishiga sabab bo‘layotgan omillar, tizimli kamchilik va muammolarni bartaraf etish va murojaatlarga tezkor javob berish maqsadida 7 ta tarkibiy bo‘linmaga 50 ta tavsiya xatlari taqdim etildi.

Bundan tashqari, hududlarda aholi va tadbirkorlar ishtirokida 184 ta sayyor qabullar tashkil etilib, 1,5 mingga yaqin aholi va tadbirkorlarning murojaatlari ham ko‘rib chiqildi. Mazkur sayyor qabullar davomida 1 375 ta murojaat ijobiy hal etilib, shundan 1 188 nafariga 37,5 mlrd. so‘m miqdorida kredit ajratilgan bo‘lsa, 119 nafar murojaat mualliflariga huquqiy tushunchalar berildi.
Shuningdek, bank Boshqaruvi tomonidan hududlarda tadbirkorlar bilan 63 ta uchrashuv va ochiq muloqotlar tashkil etildi. Mazkur uchrashuvlarda tushgan 635 ta murojaatning 625 tasi ijobiy hal etildi.

Bir so‘z bilan aytganda, «Mikrokreditbank» tizimida aholi va tadbirkorlarning murojaatlari bilan ishlash tizimi yangi bosqichga chiqmoqda. Zero, har bir murojaat zamirida inson manfaati bor, uni ta’minlash esa har birimizning vazifamizga kiradi.
Obidjon Rahmatov,
«Mikrokreditbank» ATB
Murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i.
Reklama huquqi asosida