Murojaat egasining pensiyasi qayta hisoblandi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumani adliya bo‘limiga fuqaro Rabiga Dauletmuratovadan pensiya ta’minoti yuzasidan murojaat kelib tushdi.
– Unda murojaat egasi 1999-yil aprel oyidan 2003-yil noyabr oyiga qadar Qonliko‘l tuman markaziy shifoxonasi jonlantirish bo‘limida kichik tibbiy xodim lavozimida ishlagani, biroq ushbu davrlar mehnat daftarchasiga kiritilmaganligi sababli pensiya tayinlashda hisobga olinmaganligi bu bo‘yicha qonuniy yordam berishni so‘radi, – deydi Mo‘ynoq tumani adliya bo‘limi boshlig‘i Ruslan Annazarov. – Mazkur murojaat o‘rganib chiqilib, fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘ng‘irot tumanlararo sudiga kichik tibbiy xodim lavozimida 1999-yil 14-aprel sanasidan boshlab, 2003-yil 30-noyabrgacha 4 yil 7 oy 16 kun ishlaganlik faktini belgilab berishni so‘rab ariza kiritildi. Sud qaroriga asosan, Rabiga Dauletmuratovaning ushbu davrda ishlaganlik fakti belgilanib, pensiya bo‘limi tomonidan fuqaroning pensiyasi qayta hisoblanishi ta’minlandi.
Dovud Abibullayev,
O‘zA muxbiri