Murodov Alisher Murodjon o‘g‘lining iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Innovatsion faoliyatni rivojlantirish asosida oliy ta’lim xizmatlari samaradorligini oshirish” mavzusida
Murodov Alisher Murodjon o‘g‘li tomonidan “Innovatsion faoliyatni rivojlantirish asosida oliy ta’lim xizmatlari samaradorligini oshirish” mavzusidagi 08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti ixtisosligi bo‘yicha iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi Samarqand iqtisodiyot va servis instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/28.02.2022.I.18.01 raqamli Ilmiy kengashning 2024-yil 30-mart soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: Samarqand shahri, Amir Temur ko‘chasi, 9-uy. Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
Tel.: (998 66) 233-19-84.
e-mail: sies_info@edu.uz