Mundialdan oldingi muhim o‘yin
O‘zbekiston Milliy terma jamoasi 2-iyun kuni Kanadaning Edmonton shahrida mezbonlarga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.
Vakillarimiz Nyu-Yorkda o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini olib borayotgandi. Kecha ular Edmonton shahriga yetib keldi va u yerda hamyurtlarimiz hamda qardosh xalq vakillari tomonidan tantanali kutib olindi. O‘z navbatida termamiz yulduzi Abbosbek Fayzullayev ularni kutib olishga chiqqan muxlislardan mamnunligini aytdi. Ushbu jarayonni O‘zA YouTube sahifasida tomosha qiling.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/oLN_Osgx-r8" title="O’zbekiston terma jamoasini katta o’yin kutyapti" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Karim Xudoyqulov, O‘zA