Muhim vazifalar belgilab olindi
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi majlislar zalida partiya Markaziy Kengashining IX Plenumida qabul qilingan qarorlarning ijrosini ta’minlash bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda so‘zga chiqqan O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi raisi o‘rinbosari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi a’zosi Firdavs Sharipov va boshqalar partiyaning 2024 yil 27 oktyabrda belgilangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlar deputatlari saylovida faol ishtirok etishni e’lon qilganligini ta’kidladi hamda shu bilan bog‘liq vazifalarga batafsil to‘xtaldi.


Xususan, asosiy rejada belgilangan vazifalar, partiyaning saylovlarda ishtirokini muvofiqlashtirish bo‘yicha saylov shtablarini tashkil etish, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi saylovida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining ishtirok etishini qo‘llab-quvvatlovchi saylovchilarning imzolarini to‘plash ishlarini tashkil etish, shuningdek, Boshlang‘ich partiya tashkilotlarining navbatdagi umumiy yig‘ilishlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, shahar va tuman partiya tashkilotlarining konferensiyalarini o‘tkazish masalalari bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri.