Muhim masalalar muhokama etildi
Prezidentimiz tashabbusi bilan har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” deb belgilanishi yurtimizda ularga bo‘lgan e’tibor davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligining amaliy ifodasiga aylandi.
Nukus shahrida bo‘lib o‘tgan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Amanbay Orinbayev boshqardi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Oliy sudi, Ichki ishlar, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirliklari, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuvda mamlakatimizda davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarga qaratilayotgan yuksak e’tibor, ularning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi va o‘z salohiyatini namoyon etishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida alohida so‘z yuritildi.
Tadbir davomida yoshlarning fikr-takliflari, muammolari tinglandi. Ular tomonidan bildirilgan har bir masala nazoratga olinib, yoshlarning barcha tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanishi ta’kidlandi.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri.