Mudofaa bo‘limi uchun yangi jihozlar
Buxoro viloyati Shofirkon tuman mudofaa bo‘limi zamonaviy texnika vositalari bilan ta’minlandi.
Tuman hokimi Alisher Fayzilloyev Mudofaa bo‘limi xodimlari bilan o‘tkazilgan muloqot davomida ushbu texnika vositalarni tantanali ravishda topshirib, soha xodimlarining xizmat faoliyatini qo‘llab-quvvatlash doimiy e’tibor markazida ekanini ta’kidladi.


Mazkur tashabbus doirasida jami 50 million so‘m mablag‘ hisobidan 5 ta zamonaviy kompyuter jamlanmasi, 1 dona elektr generatori, shuningdek, kuzatuv kameralari faoliyatini samarali nazorat qilish maqsadida 43 dyuymli televizor taqdim etildi.
Muloqot jarayonida tuman hokimi soha xodimlari bilan samimiy suhbat qurib, ularning xizmat sharoitlari, mavjud muammolari, moddiy-texnik ehtiyojlari hamda kelgusi rejalari haqida fikr almashdi. Shuningdek, yurt tinchligi, aholi xavfsizligi va barqarorlikni ta’minlashda mudofaa bo‘limi xodimlarining mas’uliyati nihoyatda yuksak ekanini alohida ta’kidlab o‘tdi.


Zarif Komilov, O‘zA muxbiri