Mualliflik huquqini himoya qiliş oyligi qanday ötkazildi?
Adliya vazirligi tomonidan joriy yilning oktabr oyida mualliflik huquqini himoya qiliş oyligi ötkazildi. Oylik yakunlariga bağişlangan matbuot anjumanida huquqbuzarliklarga qarşi körilgan çoralar, huquqiy tarğibot natijalari va keyingi vazifalar haqida maʼlumot berildi.
Keyingi yillarda mualliflik huquqi va turdoş huquqlar sohasida tizimli islohotlar amalga oşirilgani qayd etildi. Jumladan, mualliflik huquqining amal qiliş muddati 50 yildan 70 yilga uzaytirildi, huquqbuzardan bazaviy hisoblaş miqdorining 20 baravaridan 1000 baravarigaça tovon pulini undiriş amaliyoti joriy etildi. Maʼmuriy javobgarlik kuçaytirilib, mulkiy huquqlarni buzganlik uçun jinoiy javobgarlik belgilandi.
Oylik aynan şu islohotlar ijrosini taʼminlaş, aholi, ayniqsa, yoşlar va ijodkorlar örtasida intellektual mulkka hurmat ruhini şakllantiriş maqsadida ötkazildi.
Adliya vazirligi tomonidan Oliy sud, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Madaniyat vazirligi, Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Savdo-sanoat palatasi hamda Özbekiston Milliy kutubxonasi bilan birgalikda işlab çiqilgan çora-tadbirlar dasturi asosida ötkazilgan oylik davomida kelib tuşgan murojaatlar belgilangan tartibda körib çiqildi.
Qonunbuziliş holatlari böyiça ogohnomalar hamda maʼmuriy bayonnomalar rasmiylaştirildi. Asarlarning kontrafakt nusxalari savdosiga qarşi respublika böylab nazorat xaridlari ötkazilib, aniqlangan holatlarda aybdor şaxslarga nisbatan qonuniy çoralar körildi.
Naşriyotlar, elektron va audiokitoblar yaratuvçi subʼektlar faoliyati huquq egalarining murojaatlari asosida örganildi. Bozorlar, savdo majmualari, kinoteatrlar, umumiy ovqatlaniş şoxobçalari, teleradio taşkilotlari va fonogramma tayyorlovçilarda esa huquqbuzarliklarning oldini olişga qaratilgan profilaktika tadbirlari ötkazildi.
Internetda mualliflik huquqi obʼektlarining noqonuniy tarqatilişi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Özkomnazorat” inspeksiyasi bilan hamkorlikda monitoring qilindi va noqonuniy veb-sahifalar faoliyati çeklandi.
EHM uçun dasturlarga bölgan huquqlar buzilişi ortib borayotgani sababli IT-kompaniyalar va dasturiy mahsulot işlab çiqaruvçilar iştirokida dasturiy mahsulotlarning huquqiy himoyasiga bağişlangan seminar taşkil etildi.
Huquqiy tarğibotning yangi şakllari doirasida Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda “Huquqiy radioviktorina” va “Huquqiy axborot” radioloyihalari amalga oşirildi.

“Huquqiy eslatma” ruknidagi videoroliklar ijtimoiy tarmoqlar va telekanallarda namoyiş etildi. Yangi qonunçilik hujjatlarini bevosita işlab çiqqan mutaxassislar iştirokidagi intervyu va podkastlar aholiga yetkazildi.
Tarğibotning raqamli şakllariga ham alohida eʼtibor qaratildi. Mualliflik va turdoş huquqlarga oid testlar töplami test.adliya.uz platformasiga joylaştirildi, vazirlikning ijtimoiy tarmoqlarida ovozli suhbatlar ötkazilib, aholi savollariga jonli javob berildi.
Bolalar uçun bolahuquqlari.uz portaliga animatsion videoroliklar, ijodkorlar uçun esa “Intellektual mulk muhofazasi” portaliga mualliflik şartnomalari namunalari joylaştirildi.
Toşkent davlat yuridik universiteti bilan hamkorlikda sud jarayoni imitatsiyalari, huquqiy maslahatlar, oçiq muloqotlar va treninglar ötkazildi. Umumtaʼlim maktablari va akademik litseylarda “Sening ğoyang, sening ijoding, sening huquqing” mavzusida oçiq darslar, oliy va professional taʼlim muassasalarida esa “Mualliflik huquqi, plagiat va akademik halollik” mavzusida seminar-treninglar taşkil etildi.
Sanʼatkorlar, yozuvçi va şoirlar iştirokida “Mualliflik – mening huquqim” şiori ostida fleşmoblar va davra suhbatlari bölib ötdi.
Huquqni qöllaş amaliyotini takomillaştiriş maqsadida Oliy sud bilan hamkorlikda sudyalar uçun seminar-trening ötkazilib, unda nizolarni köriş, zararni hisoblaş, kompensatsiya belgilaş va dalillarni baholaş masalalari muhokama qilindi.
Oylik davomida aniqlangan muammolar va bildirilgan takliflar umumlaştirildi. Bu uşbu yönalişdagi faoliyatda inobatga olinadi.
N.Abduraimova, ÖzA