MTMda zamonaviy sharoitlar yaratildi
Andijon shahridagi 14-maktabgacha taʼlim muassasasi qayta rekonstruksiyadan soʻng foydalanishga topshirildi.
Andijon shahridagi 14-maktabgacha taʼlim muassasasi qayta rekonstruksiyadan soʻng foydalanishga topshirildi.
Muassasada qiymati 2 milliard 800 million soʻmlik bunyodkorlik ishlari amalga oshirilib, mashgʻulot xonalari, oshxona, oʻyin va sport maydonchalarida zamonaviy sharoitlar yaratildi. Moʻjaz hayvonot bogʻi bunyod etildi. Imkoniyati kengaygan muassasa endilikda 250 bolani bagʻriga oladi.












