Moskvada qo‘lqop rejimi bekor qilindi
Moskva meri Sergey Sobyanin bir yildan buyon amalda bo‘lgan qo‘lqop rejimini bekor qildi.
“So‘nggi haftada koronavirus infeksiyasi tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat sezilarli ravishda yaxshilandi. Ommaviy emlash va ko‘rilgan boshqa choralar tufayli COVID-19 ga chalinish holati iyun oyining ikkinchi yarmi bilan solishtirganda 2,2 barobarga, bemorlarni kasalxonaga yotqizish 1,6 barobarga kamaygan. Ushbu sharoitda biz asta-sekin amaldagi cheklovlarni yengillashtirib borishimiz mumkin", — deydi Sobyanin ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Shunga qaramay poytaxt meri fuqarolarni jamoat joylarda niqob taqib yurish tartibini buzmaslikka hamda vaksina olishga chaqirgan.