Moskvada "Mevazorlik ayol" filmi namoyish etiladi
Moskvadagi Tretyakov galereyasida taniqli rejissyor Ali Hamroyev tavallud ayyomi munosabati bilan "Triptix" ("Mevazorlik ayol") filmining namoyishi bo‘ladi.
Kinematografiya agentligi axborot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, filmda o‘zbek ayollarining taqdiri haqida hikoya qilinadi. Unda turli xil yoshdagi va har xil xarakterga ega uch ayolning obrazi o‘rin olgan, ularning taqdiri orqali o‘zbek ayollari hayotida yuz bergan ijtimoiy va ma’naviy o‘zgarishlarni kuzatish mumkin.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Ali Hamroyevning mazkur “Triptix (Mevazorlik ayol)" filmi 1980 yilda o‘tkazilgan San-Remo xalqaro festivalida Gran-pri sovrinini olgan.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA