Moldovada uch kunlik ish tashlash boshlandi
Moldovada transport xodimlari ish tashlashi natijasida jamoat transporti faoliyati uch kunga to‘xtadi. Voqeaga sabab qilib rasmiylar tariflarni oshirishdan bosh tortgani ko‘rsatilmoqda, — deb xabar berdi Point.md axborot portali.
2022 yil 7-9 fevral kunlari qatnov bekor qilinadi. Yo‘lovchi tashuvchilar 10 fevraldan ishga qaytadi, — degan mamlakat transport xodimlariga ish beruvchi uyushma mas’ullari.
Soha xodimlari yoqilg‘i narxi bir necha bor oshirilsa-da, infratuzilma va hududiy rivojlanish vazirligi yo‘lovchi tashish tarifini qayta hisoblamayotganidan norozi.
Sanoatchilar kadr yetishmovchiligi bilan bog‘liq muammoni ham ko‘tarishdi – pandemiya davrida ko‘plab muntazam reyslar bekor qilingan, mingdan ortiq haydovchi ishdan ketgan.
Moldova Bosh vazirining sanoatni nazorat qiluvchi o‘rinbosari Andrey Spinu transport xodimlarini ig‘vogarlikda aybladi. U namoyishni buzg‘unchilik harakati, deb atadi. Xodimlarga esa ish tashlash o‘rniga avtobus parkini yangilash, xizmat sifatini oshirish, yo‘lovchilarga chipta berish kerakligi yuzasidan maslahat bergan.
Ulug‘bek Mahmirzayev