Mol-mulkingiz ishonchli qoʻllarda
Yurtimizda karantin eʼlon qilingandan buyon xalqimizdan uydan chiqmasliklari, zarurat yuzasidan koʻchaga chiqilganda ham albatta tibbiy niqoblarni taqib yurishlari qatʼiy belgilandi.
Yurtimizda karantin eʼlon qilingandan buyon xalqimizdan uydan chiqmasliklari, zarurat yuzasidan koʻchaga chiqilganda ham albatta tibbiy niqoblarni taqib yurishlari qatʼiy belgilandi.
Bundan tashqari, vaqtinchalik cheklovlarning joriy etilgani sababli ayrim tadbirkorlarning ham faoliyati toʻxtatildi. Bu jarayonda fuqarolarimiz mol-mulkini oʻylab xavotirga tushishi tabiiy. Bunga esa aslo oʻrin yoʻq. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoʻriqlash xizmati xodimlari hozirgi karantin paytida hushyorlikni yana-da oshirgan holda tunu kun xizmatni olib bormoqda.
Tadbirkorlik subyektlari, Respublika hududida faoliyat koʻrsatayotgan muassasalar, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, dorixonalar, barcha tashkilotlarga qarashli kassalar va shunga oʻxshash boshqa pul aylanmasi bilan bogʻliq boʻlgan joylar nazoratga olingan. Ayniqsa, koʻp qavatli uylar, oʻquv muassasalari va boshqa turdagi obyektlardagi mavjud mol-mulklar qoʻriqlashning saf boʻlinmalari, harbiylashtirilgan boʻlinmalari, qorovullik boʻlinmalari xamda texnik qoʻriqlash vositalari orqali ishonchli qoʻriqlanmoqda.
Fuqarolarimizdan faqatgina uyida qolib, foydali mashgʻulotlar bilan band boʻlishlari, kitob mutolaasiga eʼtibor qaratishlarini soʻraymiz. Obyekt xavfsizligi borasida esa qoʻriqlash xizmati xodimlariga ishoning.
Unutmang, biz Siz uchun xizmatdamiz!
Sh.Durmatov,
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi
Qoʻriqlash bosh boshqarmasi
yetakchi mutaxassisi,
podpolkovnik