Mo‘g‘uliston Prezidenti O‘zbekiston Milliy paviloniga tashrif buyurdi
Ulan-Batorda cho‘llanishga qarshi kurash bo‘yicha tashkil etilgan “COP17” konferensiyasi doirasida O‘zbekiston Milliy paviloniga Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux tashrif buyurdi.
Unga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ekologiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi — Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov hamrohlik qildi.
Tashrif davomida Mo‘g‘uliston Prezidentiga yurtimizda ekologiya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilish, iqlim o‘zgarishi hamda ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Uxnaagiyn Xurelsux O‘zbekiston tomonidan ilgari surilayotgan tashabbuslar, ekologik muammolarni hal qilish borasida qilinayotgan ishlarga yuqori baho berdi. Qolaversa, ekologik va iqlim muammolarini hal etishda ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlashga tayyor ekanligini qayd etdi.
Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA