Mobil internet tariflari oshirilmaydi
Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon mamlakat Aksilmonopoliya xizmatining mobil internet tariflarini oshirish borasidagi farmoyishini bekor qildi.
Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon mamlakat Aksilmonopoliya xizmatining mobil internet tariflarini oshirish borasidagi farmoyishini bekor qildi.
Davlat rahbari 23 aprel kuni internet va mobil aloqa narxlarini oshirganlarni qattiq jazolash borasida ham ko‘rsatma berdi, deya xabar qiladi prezident matbuot kotibi Abdulfattoh Sharifzoda. 18 apreldan boshlab mamlakatda mobil internet uchun yangi tariflar amal qilmoqda, narxlar avvalgisidan ikki barobar qimmatdir: avval 1 gigabayt internet narxi 30-35 (taxminan 3,5$) somonini tashkil qilgan bo‘lsa, endi 63 somoniga (6,7$) ko‘tarildi.
Prezident matbuot kotibining ta’kidlashicha, davlat rahbari mamlakat aksilmonopoliya xizmati farmoyishidan aholining noroziligi borasida xabardor qilingan.
Tojikiston hukumati qoshidagi Aksilmonopoliya xizmati 2019 yil 4 martdagi farmoyishi bilan mobil aloqa operatorlariga aksiz va soliqlar hisobga olinmagan holda 1 Mb internet uchun kamida 5 diram narx belgilashni yukladi. 18 apreldan boshlab operatorlarning bir gigabayt (1024 Mb) internet narxi kamida 62 somoni turadi. Avvallari tojik operatorlarining bir Gb internet narxi taxminan 30-35 somoni turardi.
Mobil Internet va NGN orqali telefon suhbatlarining tariflari oshirilishi borasidagi qaror ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining keskin noroziliklariga sabab bo‘ldi. Mobil kompaniyalariga boykot e’lon qilish chaqiriqlari yangradi va hatto poytaxtda norozik aksiyasi o‘tkazish taklifi berildi. Iste’molchilarning xuquqlarini himoya qiluvchi tashkilot tomonidan asossiz to‘lovlarni oshirishni nazorat qilish o‘rniga, tariflarni oshirgani foydalanuvchilarning e’tiroziga sabab bo‘ldi.

Bugun tarqatilgan xabarlarga qaraganda, Tojikiston mobil operatorlariga qisqa muddatlarda mobil internetning avvalgi tariflarini tiklash vazifasi yuklatildi. “Tcell” mobil operatori 23 aprel kuni kechqurun 2019 yil 4 mart kuni Tojikiston Aksilmonopol xizmati jamoatchilikning noroziliga sabab bo‘lgan mobil internet tariflarini oshirish to‘g‘risidagi farmoyishi bekor qilinganidan mijozlarini ogohlantirdi. Ayni damda avvalgi tarif va xizmatlarni qayta tiklash maqsadida texnik ishlar amalga oshirilmoqda.
Yana bir operator “Megafon-Tadjikistan” ham shu kabi xabarni tarqatdi. Kompaniya vakillari bayonot berib, qisqa muddatlarda avvalgi tariflarni tiklash yuzasidan mamlakat prezidentining topshirig‘i bajarilishini ma’lum qildi.
“Mijozlardan uzr so‘raymiz va abonentlar bizni to‘g‘ri tushunadi, degan umiddamiz”, - deya xabar berdi “Megafon-Tadjikistan”. Biroq, har ikki operator ham avvalgi tariflar qachon faollashishi yuzasidan ma’lumot bermadi.