Mobil ilova mulkdorga maslahatchi bo‘ladi
"Raqamli xo‘jalik" mobil ilovasi hammaga – fermerga ham, tomorqa egasiga ham yaqin ko‘makdosh bo‘lib, ekinlar hosildorligini oshirishda qo‘l kelishi kutilmoqda.
"Raqamli xo‘jalik" mobil ilovasi hammaga – fermerga ham, tomorqa egasiga ham yaqin ko‘makdosh bo‘lib, ekinlar hosildorligini oshirishda qo‘l kelishi kutilmoqda.
Mazkur ilova ko‘magida siz masofadan turib ham o‘zingizga kerakli tavsiyalar olish imkoniga ega bo‘la olasiz.
Bu qanday ekan deysizmi?
– Ilova negizida fermer yuklab oladigan ma’lumotlarni tahlil qiladigan va o‘simliklarning holati haqida aniq ma’lumotlar beruvchi sun’iy aql mavjud, – deydi loyiha menejeri Nelli Karimova. – U salbiy omillarni o‘z vaqtida aniqlash, ekinlardagi kasalliklarga o‘z vaqtida choralar ko‘rish, tuproq holatini tahlil qilish va yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etishda tavsiyalar beradi.
Buning uchun foydalanuvchi dalani suratga olib, muammoni tasnifi bilan rasmni yuboradi. 24 soatda tavsiyalar keladi. Dastlabki bosqichda mazkur tavsiyalarni mahalliy va xorijiy mutaxassislar yoritib boradi.
Demak, keyinchalik so‘rovlarga tezkor va to‘g‘ri javob berish uchun tizimda yetarli ma’lumotlar shakllantirilar ekan. Unda baliqchilik hamda turli tuman sabzavot ekinlari yetishtirish borasida maslahatlar olish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda yurtimizda 12,7 million tonna sabzavot va 2,7 million tonna meva yetishtirilmoqda.