Mixail VOJDAEV: Mahalla – noyob boshqaruv instituti
“Fuqarolik jamiyatining muhim bo‘g‘ini sifatida mahalla institutining oilalarni mustahkamlash va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashdagi o‘rni” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada Rossiya Federatsiyasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi maslahatchisi, Rossiya hamkorlik fondi (“Rossotrudnichestvo”)ning mamlakatimizdagi vakolatxonasi rahbari Mixail Vojdayev ham so‘zga chiqib, jumladan, shunday dedi:
– Mahalla noyob boshqaruv instituti hisoblanadi. Mahallalardagi qadriyatlarni saqlab qolish muhiti boshqa davlatlarda uchramaydi.
Ushbu institutning o‘ziga xos xususiyatlarini ilmiy jihatdan o‘rganish va O‘zbekiston tajribasini boshqa davlatlarga targ‘ib etish kerak.
O‘zA