Mirzaobodda bojxonachilar tadbirkorlarning muammolarini o‘rgandi
Bojxona organlari tadbirkorlik sub’ektlari muammolarini o‘rganib, ularga amaliy yordam berish maqsadida uchrashuvlar o‘tkazmoqda.

Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasida tashkil etilgan Ishchi guruhi tomonidan Mirzaobod tumani hokimligi, Savdo-sanoat palatasi Mirzaobod tumani bo‘limi va Mirzaobod tumanida joylashgan “GULISTAN GOLD YARN” MCHJ mutasaddi rahbarlari ishtirokida ishlab chiqarish joyida tadbirkorlar bilan «mijozbay» uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda bojxona sohasiga oid yangiliklar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 27 apreldagi «Bojxona ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni bilan tasdiqlangan yo‘l xaritasi, bojxona rasmiylashtiruvi jarayonlarini raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va Prezidentimizning 2022 yil 23 dekabrdagi «Тадбиркорлик sub’ektlarining eksport faoliyatini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni, bojxona sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida erishilayotgan natijalar bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Shu bilan birga, uchrashuv yakunida korxonaning mahsulot ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishildi va kelgusidagi eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha kelishib olindi.
Sh.Suyarov, O‘zA