Mirzaçöldagi yaşirin qimorxona foş etildi
Jizzax viloyatining Mirzaçöl tumanidagi xonadonlardan birida taşkil etilgan yaşirin qimorxona foş etildi. Tezkor tadbir davomida 9 nafar şaxs qimor öynayotgan vaqtida uşlandi. Ulardan 20 million sömga yaqin mablağ va xorijiy valyuta aşyoviy dalil sifatida olindi.
Jizzax viloyati IIB axborot xizmatining xabar berişiça, viloyat içki işlar boşqarmasi tezkor-qidiruv xizmati xodimlari tomonidan yaşirin qimorxona faoliyatiga çek qöyildi. Ular “Xavfsiz va soğlom yurt” tezkor-profilaktik tadbiri doirasida iş olib bordi.
Maʼlum bölişiça, 1987-yilda tuğilgan fuqaro öz xonadonida qimor öyini taşkil etgan. U Mirzaçöl tumanidagi Ğalaba mahallasida istiqomat qiladi. Tezkor xodimlar xonadonga borganida, u yerda töqqiz nafar şaxs qimor öynayotgan edi.
Tadbir davomida öyinga tikilgan 19 million 919 ming söm va 600 AQŞ dollari rasmiylaştirildi. Şuningdek, 24 quti öyin kartasi aşyoviy dalil sifatida olindi.
Qimor iştirokçilari faqat Mirzaçöl tumanidan emasligi ham maʼlum böldi. Qimor öyinida Mirzaçöl tumanining Ğalaba, Mirzadala, Döstlik, Mustaqillik mahallalari, Foriş tumanining Uxum va Qizilqum qişloqlari, şuningdek, Sirdaryo viloyati Sardoba tumanidan kelgan fuqarolar iştirok etgani aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 278-moddasi (qimor va tavakkalçilikka asoslangan boşqa öyinlarni taşkil etiş hamda ötkaziş) bilan jinoyat işi qözğatildi. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
Abdujalol Qayumov, ÖzA