Mirzacho‘lda bayramga tayyorgarlik avjida
Jizzax viloyatining Mirzacho‘l tumanidagi barcha mahallalarda yurtimiz mustaqilligining 34 yilligini munosib kutib olish uchun tayyorgarlik ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.
O‘zbekiston Mahallalar uyushmasi viloyat boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, ishchi guruh rahbari Muso Anorboyev shunday fikr bildirdi:
— Azaldan turli bayramlar oldidan, ayniqsa Mustaqillik kabi ulug‘ sana arafasida qishloq va shaharlarda hashar uyushtirish an’anasi bor. Ota-bobolarimiz bu hasharlarni faqat tozalash yoki ta’mirlash deb emas, balki yurt va oilaga bo‘lgan sadoqat, mehr, birlik ramzi sifatida qabul qilgan. Mustaqillik bayrami oldidan amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va orastalik ishlari ham ana shu ulug‘ udum, odatning tadjiriy davomidir.
Mahalla faollari va yoshlar uyma-uy, ko‘chama-ko‘cha yurib, ta’mirlash va parvarishlash ishlariga o‘z hissalarini qo‘shishmoqda.
[gallery-24722]
Shuningdek, tumanda “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida keng ko‘lamli madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlari o‘tkazilmoqda. Albatta, bu tadbirlar xalqimiz birligi va kelajakka bo‘lgan ishonchni mustahkamlashda katta ahamiyat kasb etadi.
A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA muxbirlari