Mintaqa madaniyat vazirlari Toshkentda to‘plandi
Poytaxtimizda Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon madaniyat vazirlari ilk bor bir maydonda jam bo‘ldi. “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida o‘tgan mazkur uchrashuv mintaqa bo‘ylab madaniy aloqalarni mustahkamlash yo‘lida tashlangan tarixiy qadamdir.
TURKSOY Bosh kotibi hamda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Ozarbayjon madaniyat vazirlari ishtirokidagi tadbir davomida mintaqaviy madaniy hamkorlikning bugungi holati tahlil qilinib, ijodkorlar o‘rtasida almashinuvni kengaytirish va Markaziy Osiyo uchun umumiy madaniy brend yaratish masalalari muhokama qilindi.
Delegatsiyalar Islom sivilizatsiyasi markazida o‘tayotgan “Markaziy Osiyoda ma’naviy meros va ma’rifatparvarlik” xalqaro kongressida ham qatnashdi.
Umuman, bu galgi yig‘ilish Markaziy Osiyo davlatlarining madaniy yaqinlashuvi va birdamligini mustahkamlashga munosib hissa qo‘shishi e’tirof etilmoqda.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/n8pbpC-vKps" title="Mintaqa madaniyat vazirlari Toshkentdato`plandi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Musulmon Ziyo, Nishonboy Abduvoitov (video), O‘zA