Ming dollar miqdorida maosh olayotgan muallima (video)
Ulardan ibrat oling
Buxoro viloyati Vobkent tumanidagi 10-umumta’lim maktabi o‘qituvchisi Shoira Zayniyeva 25 yildirki, o‘quvchilarga ingliz tili fanidan saboq berib kelmoqda.
Muallimaning yuksak mahorat va ilg‘or tajriba uyg‘unligidagi saboqlarini olayotgan o‘quvchilari 2014 yildan buyon fan olimpiadalarining viloyat hamda respublika tanlovlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritib kelishmoqda.
Tinib-tinchimas, izlanuvchan muallimaning o‘zi ham viloyat tanlovlari g‘olibi, xalqaro seminar-treninglarning faol ishtirokchisi, til bilish darajasini belgilovchi xalqaro sertifikat sohibi.
O‘tgan o‘quv yilida u vazir jamg‘armasi ustamasi uchun o‘tkazilgan tanlovda ham g‘oliblar safidan o‘rin oldi.
Ayni paytda muallima 1000 AQSH dollariga teng miqdorda maosh olmoqda.
<iframe width="640" height="360" src="https://www.youtube.com/embed/NkIjGOo_gxs" title="Ming dollar miqdorida maosh olayotgan muallima" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>Zarif Komilov,
O‘zA muxbiri