Milliylik va zamonaviylik uyg‘un markaz
Shahrisabz shahridagi «Hunarmandlar markazi»ni tom ma’noda milliy va zamonaviylik uyg‘unlashgan san’at galereyasiga qiyoslash mumkin.
Ahamiyatli jihati, bugun bu yerda faoliyat olib borayotgan hunarmandlarning aksariyati yaqingacha ijtimoiy ko‘makka muhtoj, aholining kam ta’minlangan qatlami vakillari edi. Xotin-qizlar bandligini ta’minlash borasidagi amaliy chora-tadbirlar natijasida bu ayollarning ko‘pchiligi o‘zlari ham shogird tayyorlash darajasiga yetishdi.
– Yaqingacha tayinli ish bilan mashg‘ul emas edim, - deydi shahrisabzlik Nafisa Rahmonova. – Markazga kelib ko‘pchilik qatori vodiyga hunar o‘rganish va malaka oshirish uchun borib kelganim katta yordam berdi. Bugun gilamchilikni san’at darajasiga ko‘tarib, mehnatim ortidan yaxshigina daromad ham topa boshladim.
[gallery-5455]
Ta’kidlanishicha, markazdagi hunarmandlar asosan ishsiz xotin-qizlardan tashkil topgan. Qolaversa, bu yerda kasanachilik yo‘nalishida ham ish olib borilib, qatnab ishlashga imkoni bo‘lmagan ayollarga xomashyolar yetkazib beriladi.
Jamshid NORQOBILOV (surat), O‘zA