Milliy tibbiyot markazida ustoz-shogird an’anasi (+video)
Ustoz va shogird o‘rtasidagi rishta tibbiyotda eng qadimiy va eng muhim an’analardan biridir. Shifokor o‘z hayotini odamlar salomatligiga bag‘ishlar ekan, bu yo‘lda ustozining tajribasiga, maslahatlariga, o‘rgatgan saboqlariga suyanadi.
Shogird esa nafaqat bilim oladi, balki o‘z ustozining mehrini, fidoyiligini va kasbga bo‘lgan cheksiz sadoqatini yuragiga singdiradi. Shu tariqa tibbiyotdagi ustoz-shogirdlik an’analari avloddan-avlodga o‘tib, jamiyatimiz salomatligini asrash yo‘lida davom etadi.
Poytaxtimizdagi Milliy tibbiyot markazida ham bu an’anaga sodiq holda ustozlar shogirdlarga bor ilm va tajribalarini berib kelmoqdalar.
“Salomat bo‘ling” dasturining bu galgi soni ana shunday fidokor va mehribon ustozlarga bag‘ishlandi.
<iframe width="791" height="445" src="https://www.youtube.com/embed/n7GACZU--PQ" title="Milliy tibbiyot markazida ustoz-shogird an’anasi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Mohichehra Eshmirzayeva, O‘zA