Milliy taʼlim tizimidagi tub burilish
Shuningdek, Prezidentimiz oʻz nutqida taʼlim tizimidagi uzviylik, yaʼni maktabgacha taʼlim - maktab - oliy taʼlim bosqichlaridagi bogʻliqlik yosh avlod kelajagini belgilovchi muhim omil ekanligini aytib oʻtdi.
Butun dunyodagi keskin raqobat taʼlim sohasida ham muhim oʻzgarishlarni talab etmoqda.
Shu kungacha tizimda olib borilgan islohotlar shiddat bilan rivojlanayotgan davr taqozosiga koʻra muhim bosqichga koʻtarildi.
Taʼlim tizimini takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirish masalalariga bagʻishlangan videoselektorda davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev avvalo, ustoz-murabbiylar yuksak ehtiromga loyiqligini yana bir bor eslatib, pedagoglarning jamiyatdagi nufuzini oshirish kerakligini taʼkidladi.
Shuningdek, Prezidentimiz oʻz nutqida taʼlim tizimidagi uzviylik, yaʼni maktabgacha taʼlim - maktab - oliy taʼlim bosqichlaridagi bogʻliqlik yosh avlod kelajagini belgilovchi muhim omil ekanligini aytib oʻtdi.
Oliy taʼlim muassasalarining vazifalari ham alohida belgilab berildi. Yaʼni, oliy taʼlimda sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish, qamrovini kengaytirish uchun har bir hududda nodavlat, davlat- xususiy sherikchilik asosida kamida 1 ta oliy taʼlim tashkilotini tashkil etish kerakligi aytildi.
Oliy taʼlim muassasalarining xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlar reytinggi roʻyxatida munosib oʻrin egallashlariga ham eʼtibor qaratildi. Milliy reytingda soʻnggi 5 yil davomida doimiy ravishda 1, 2, 3-oʻrinni egallagan oliy taʼlim muassasalariga kadrlar tayyorlash boʻyicha akademik va moliyaviy mustaqillik beriladigan boʻldi. Endi Milliy reytingning birinchi 10 taligiga kirganlar ilmiy unvonlarni mustaqil berish vakolatiga ega boʻladi.
Ayniqsa, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida taʼlimni boshqarishni avtomatlashtirish, masofaviy taʼlimni yana-da takomillashtirish, axborot resurs markazlari bazasida mavjud adabiyot, darslik, oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar raqamli formatga oʻtkazilib, ularning elektron platformasi shakllantirilishi, ular boʻyicha raqamli yagona axborot qidiruv tizimi joriy etilishi ham bu boradagi muammolarni bartaraf etadi.
Shuningdek, yigʻilishda pedagog kadrlar tayyorlash, malakasini oshirishga alohida eʼtibor qaratildi. Nodavlat taʼlim tashkilotlari hamda pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalarida endilikda xalq taʼlimi xodimlarining malakasini oshirish huquqi ham boʻladi.
"Bu yillar davomi koʻrinmaydigan, ammo natijasi yaqin 10-15 yilda butun mamlakat qiyofasini tubdan oʻzgartirishga asos boʻladigan qudratli manba, - davlatimiz rahbarining bu soʻzlari oʻzini yosh avlod taʼlim va tarbiyasiga daxldor, deb bilgan har bir insonning zimmasidagi vazifa qanchalar muhimligini yana bir bor eslatdi.
Odiljon Mamatkarimov,
NamMTI rektori, professor,
Xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi oʻrinbosari