Milliy gvardiya kuni nishonlandi
Nukusda 4 avgust O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tashkil topgan kun munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev sana munosabati bilan soha vakillari va faxriylarni qutlab, ularning mashaqqatli, shu bilan birga, sharafli xizmatida zafarlar tiladi.
So‘nggi yillarda yurtimiz tinchligini saqlashda faoliyat olib borayotgan Qurolli kuchlar hamda huquq-tartibot idoralar ishlarini tubdan isloh qilish, bu yo‘lda fidokorona mehnat qilayotgan soha xodimlarini qo‘llab-quvvatlash va ularning ish samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Albatta, bu amalga oshirilayotgan ishlarning barchasi yurtimiz tinchligi, jamiyatda tartib-intizom hukm surishini, eng asosiysi, fuqarolarimizning tinch-osoyishta hayotini ta’minlashga qaratilgan.

Tadbirda soha fidoyilariga ko‘krak nishonlari, faxriy yorliqlar, harbiy unvonlar va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri.