Millatni taraqqiyotga yetaklovchi kuch
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Buxoro viloyati bo‘limida “Ma’naviyat – millatni taraqqiyotga yetaklovchi qudratli kuchdir!” mavzusida viloyat seminari bo‘lib o‘tdi.
Unda viloyatdagi boshqarmalar, korxona, tashkilot, muassasalardagi ma’naviy-ma’rifiy sohaga mas’ul xodimlar hamda tuman-shahar Ma’naviyat va ma’rifat markazi bo‘linmalari rahbarlari qatnashdi.



– Seminarda viloyatdagi ma’naviy-ma’rifiy muhitni sog‘lomlashtirish, mavjud muammolarga qarshi birgalikda kurashish, korrupsiya va boqimandalikni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, viloyat tashkilotlari bilan shahar va tuman ma’naviyat bo‘limlari hamkorligini, integratsiyani yanada yaxshilash masalalari va hujjatlar bilan ishlash ularni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risida ham tavsiyalar berildi. Sohada yaxshi natijalarga erishayotgan ma’naviyat mas’ullariga tashakkurnoma va kitoblar sovg‘a qilindi. Kelgusida birgalikda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar kelishib olindi, – deydi Ma’naviyat va ma’rifat markazi Buxoro viloyati bo‘limi mas’uli M.Safoyeva.
Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.