Mikki van de Ven «Tottenhem» bilan yangi shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishdi
Van de Ven 2023-yilda «Volfsburg»dan «Tottenhem»ga ko'chib o‘tgan.
«Tottenhem» himoyachisi Mikki van de Ven London klubidagi faoliyatini davom ettiradi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, tomonlar yangi uzoq muddatli shartnoma bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishgan. Bitimning barcha asosiy bandlari, jumladan futbolchining maoshi oshirilishi ham kelishib olingan.
Qayd etilishicha, «Tottenhem» rahbariyati joriy transfer oynasida 24 yoshli niderlandiyalik himoyachini sotish variantini umuman ko‘rib chiqmagan. Klub uni jamoaning asosiy futbolchilaridan biri deb hisoblaydi.
Yangi shartnoma bo‘yicha rasmiy e’lon yaqin vaqt ichida berilishi kutilmoqda.
Mikki van de Ven 2023-yilda «Volfsburg»dan «Tottenhem»ga o‘tgan.
Himoyachi o‘tgan mavsum barcha musobaqalarda 45 ta uchrashuv o‘tkazib, 7 ta gol urdi va 1 ta assist qayd etdi.
Transfermarkt portaliga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 50 million yevroni tashkil etadi.