MIB: tadbirkorlar manfaati – qonuniy himoyada
Buxoro viloyati Majburiy ijro byurosi tomonidan tadbirkorlar foydasiga undiruv bilan bog‘liq sud va boshqa organlar ijro hujjatlari ijrosini ta’minlash, tadbirkorlik sub’ektlarining huquq va manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlar tizimli yo‘lga qo‘yilgan.
O‘tgan davr mobaynida 705 ta ijro hujjati bo‘yicha 77 milliard 502 million so‘m tadbirkorlik sub’ektlariga undirib berildi. 53 milliard 318 million so‘m undirish bilan bog‘liq 461 ta ijro hujjati bo‘yicha ijro harakatlari davom ettirilmoqda.
– Kogon tumanlararo iqtisodiy sudining 2021 yil 21 oktyabrdagi qarzdor «Neftgaz» aksiyadorlik jamiyatidan undiruvchi «Qashqadaryo Texnologik transport» aksiyadorlik jamiyati foydasiga 1,2 milliard so‘m undirish to‘g‘risida ijro hujjati 2021 yil 7 dekabrda Byuroning Qorovulbozor tumani bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va ijro harakatlariga kirishilgan, – deydi MIB Buxoro viloyati boshqarmasi davlat ijrochisi Shuhrat Mahsudov. – Olib borilgan ijro harakatlari davomida «Qashqadaryo Texnologik transport» aksiyadorlik jamiyati foydasiga 1,2 milliard so‘m undirib berilishi ta’minlandi.
– Buxoro viloyati sudi iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atining 2021 yil 10 dekabrdagi qarzdor “Gold Indezit” xususiy korxonasidan “Benelli” mas’uliyati cheklangan jamiyati foydasiga 200 million so‘m undirish to‘g‘risida ijro hujjati Byuroning Buxoro shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan, – deydi MIB Buxoro viloyat boshqarmasi davlat ijrochisi Ulug‘bek Halimov. – Ijro harakatlari davomida “Benelli” MCHJ foydasiga belgilangan mablag‘ undirib berildi.
Z.Komilov, O‘zA