Messi rafiqasining oilaviy do‘koni o‘qqa tutildi
Dunyoga mashhur argentinalik futbolchi Lionel Messining rafiqasi Antonella Rokuzzoning oilaviy supermarketiga noma’lum shaxslar qurolli hujum uyushtirdi.
Mahalliy OAV xabariga ko‘ra, voqea mahalliy vaqt bilan soat 03.20 da Messi va uning rafiqasi oilasi istiqomat qiladigan Rosario shahrida sodir bo‘lgan. Bir guruh giyohvand moddalar sotuvchisi “Unico” supermarketlar tarmog‘iga qarashli do‘kon eshigi oldida o‘q uzgan. Shuningdek, bosqinchilar jinoyat joyida Messiga xabar qoldirgan. Hodisa yuzasidan tergov boshlangan. Rasmiylar tafsilotdan bosh tortishdi.
Rosario meri Pablo Yavkin “Radio2”ga bergan intervyusida Rokuzzo xonadonining bir necha vakili bilan uchrashganini aytdi.
“Biz oilani himoya qilishimiz kerak. Ularning voqeaga aloqasi yo‘q”, — dedi u.
Yavkinning so‘zlariga ko‘ra, giyohvand kengroq auditoriyaga yetkazmoqchi bo‘lgan xabarni tarqatish uchun Messi familiyasidan foydalangan.
O‘zA