Messi Ispaniyaga qarshi oʻyindagi magʻlubiyatga munosabat bildirdi
Messi musobaqa davomida oʻtkazilgan uchrashuvlarda oʻz hisobiga 8 ta gol va 4 ta golli uzatmani yozdirib qoʻydi.
Futbol boʻyicha 2026-yilgi jahon chempionatining hal qiluvchi final uchrashuvida Argentina va Ispaniya terma jamoalari oʻzaro kuch sinashdi. Keskin va murosasiz kechgan bahsda "albiseleste" 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Uchrashuvdagi yagona golni Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Ferran Torres oʻz hisobiga yozdirib qoʻydi.
Uchrashuv yakunida Argentina terma jamoasining 39 yoshli sardori Lionel Messi magʻlubiyat borasidagi fikrlarini bildirdi.
"Ispanlar bugun kuchliroq oʻyin koʻrsatishdi. Biz magʻlub boʻldik va ushbu natijani munosib qabul qilamiz. Biroq bu magʻlubiyat shu vaqtgacha amalga oshirgan ulkan ishlarimizni yoʻqqa chiqarmaydi. Albatta, natijadan juda xafaman, lekin jamoamiz maydonda bor kuchini ishga soldi. Barcha jamoadoshlarimga va bizni qoʻllab-quvvatlagan butun mamlakatimizga minnatdorchilik bildiraman", — deya Messining soʻzlaridan iqtibos keltirmoqda "ESPN" telekanali.
Lionel Messi musobaqa davomida oʻtkazilgan uchrashuvlarda oʻz hisobiga 8 ta gol va 4 ta golli uzatmani yozdirib qoʻydi.