“Meros” filmining katta premerasi bo‘lib o‘tdi
Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyda Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan “Meros” badiiy filmining katta premerasi o‘tkazildi.
9 may - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tashkil etilgan premerada Agentlik Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov, O‘zbekiston qozoq milliy markazi raisi Serikbay Usenov, Vazirlar mahkamasi huzuridagi millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi raisi Rustam Qurbonov barchani bayram bilan qutlab, film ijodkorlariga minnatdorchilik bildirdi.
Film rejissyori Hilol Nasimov Belarusdagi s’yomka jarayonlari va film ustida olib borilgan ishlarga qisqacha to‘xtalib o‘tdi. Shundan so‘ng “Meros” tarixiy dramasining katta premerasi taqdim etildi. Ushbu film Ikkinchi jahon urushi davridagi o‘zbek va qozoq yoshlarining muhabbati haqida hikoya qiladi.
Ssenariy muallifi va postanovkachi rejissyor Hilol Nasimov, postanovkachi operator Husan Aliyev, kompozitor Dmitriy Yanov-Yanovskiy, postanovkachi rassom Fazliddin Turdiyev. Filmda Rustam Karimov, Munavvara Abdullayeva, G‘ayrat Husayinov, Bobur Aytbagambetov, Fotih Nasimov, Oysanam Yusupovalar rol ijro etishgan.
Fayzullo Yahyoyev, O‘zA