Merganimiz Paralimpiya o‘yinlari sovrindori
Fransiyada o‘tayotgan Paralimpiya o‘yinlarining para o‘q otish bo‘yicha (P4) 50 metr masofada to‘pponchadan o‘q otish yo‘nalishida final bosqichi yakunlandi.
E’tiborlisi, ushbu yo‘nalishda qatnashgan hamyurtimiz Server Ibragimov medallar uchun kechgan bellashuvda 215.3 ochko jamg‘argan holda ikkinchi o‘rinni egalladi va kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa O‘zbekiston delegatsiyasidagi medallar 6 oltin, 5 ta kumush va 4 bronzaga yetdi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA